Joriy yilning 4-iyun kuni Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari A.I.Isoqjonov boshchiligida, Qo‘mitaning Metodik ta’minlash va normativ xujjatlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i X.G.Yusupov, Nazorat-profilaktika ishlarini rejalashtirish va muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i I.I.Asadov hamda O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikadagi elchixona atasheysi S.Tashmatov Koreya Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi transport xavfsizligi korporatsiyasi vakillari - boshqarma boshlig‘i Li Te Xun, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Pak Chon Su va menejer Kim Yon Xyon bilan onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralardan ko‘zlangan maqsad Koreya Respublikasida SPG-3 turidagi gaz ballon uskunalarini (GBU) texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik, texnik standartlarni qo‘llash amaliyotini muhokama qilish ko‘zda tutilgan edi. Muzokarada tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha fikr almashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Muzokara yakuni bo‘yicha kelgusida mazkur sohada ikki tomon uchun birdek manfaatli bo‘ladigan yo‘nalishda yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.