O‘zbekiston Respublikasi Davlat sanoat ishlari xavfsizligi va tog‘-kon nazorati (O‘ZSANOATKONTEXNAZORAT) qo‘mitasining 1999 yil 20 sentyabrdagi 129-sonli buyrug‘iga asosan “KOMTEXNAZORATO‘QUV” sho‘ba korxonasi ilmiy texnik markazi tashkil etildi. Shayxontoxur tumani xokimining 1999 yil 4 oktyabrdagi 967-sonli qarori bilan ro‘yhatga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 7 fevraldagi PF-2535-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 7 apreldagi 130-sonli Qaroriga muvofiq “KOMTEXNAZORATO‘QUV” Ilmiy texnik markazi “Sanoatkontexnazorat” agentligining infratuzilma bo‘linmasiga kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 9 iyuldagi PF-3454-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 10 iyuldagi 323-sonli Qaroriga muvofiq “KONTEXNAZORATO‘QUV” Ilmiy texnik markazi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi tarzida o‘zgartirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 11 maydagi 131-sonli Qaroriga asosan “KONTEXNAZORATO‘QUV” Ilmiy texnik markazi unitar korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining xo‘jalik hisobidan faoliyat olib boruvchi idoraviy mansub tashkilot etib belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4058-son qaroriga binoan “Kontexnazorat o‘quv” ilmiy texnik markaz davlat unitar korxonasi “Kontexnazorato‘quv” davlat unitar korxonasi etib qayta nomlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 iyundagi 350-sonli Qarorining 1-ilovasiga muvofiq, xo‘jalik hisobidagi “Kontexnazorato‘quv” davlat unitar korxonasini tashkiliy-xuquqiy shakli o‘z funksiyasi va vazifalarini o‘zgartirmagan holda “Kontexnazorato‘quv” davlat muassasasiga o‘zgartirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 iyuldagi PF-116-son Farmoni 2-ilovasiga asosan “Kontexnazorato‘quv” davlat muassasasi Tog‘-kon, geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi tarkibiga kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi PQ-186-son Qarori 2-ilovasiga asosan “Kontexnazorato‘quv” davlat muassasasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi tarkibiga kiritildi.