“KONTEXNAZORATO‘QUV” davlat muassasasi (keyingi oʼrinlarda – Muassasa) sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohalarida faoliyat yurituvchi mutaxassislarni (ekspertlarni) tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʼyicha taʼlim xizmatlarini amalga oshiradi.
Mazkur siyosat Muassasaning sifat menejmenti tizimi (ISO 9001:2015) va taʼlim tashkilotlari menejmenti tizimi (ISO 21001:2018) talablariga muvofiq ishlab chiqilgan boʼlib, taʼlim xizmatlari sifatini taʼminlash va doimiy ravishda takomillashtirishga qaratilgan.
Muassasaning missiyasi — sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohalarida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash orqali xavfli ishlab chiqarish obʼektlarida avariyalar va baxtsiz hodisalarning oldini olish, shuningdek, mazkur sohada barqaror “xavfsizlik madaniyati”ni shakllantirishdan iborat.
Muassasa oʼz faoliyatida quyidagi asosiy tamoyillarga amal qiladi:
Xavfsizlik madaniyati ustuvorligi – har bir tinglovchida xavfsiz ish olib borish koʼnikmalari va masʼuliyatli yondashuvni shakllantirish;
Tinglovchi va manfaatdor tomonlarga yoʼnaltirilganlik – taʼlim xizmatlarini isteʼmolchilar ehtiyojlari va kutilmalari asosida tashkil etish;
Raqamlashtirish va innovatsiyalar – zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini taʼlim jarayoniga keng joriy etish;
Shaffoflik va xolislik – taʼlim va baholash jarayonlarida ochiqlik va adolatni taʼminlash;
Intellektual mulkni himoya qilish – oʼquv materiallari va taʼlim resurslarining huquqiy muhofazasini taʼminlash;
Xavfga asoslangan yondashuv – faoliyatdagi xavf va imkoniyatlarni tizimli baholash va boshqarish.
Muassasa rahbariyati 2026 yil uchun quyidagi ustuvor yoʼnalishlarni belgilaydi:
4.1. Boshqarish tizimini takomillashtirish
4.2. Taʼlim sifati va dasturlar
2026 yil yakuniga qadar barcha oʼquv dasturlarini xalqaro standartlar va milliy qonunchilikdagi oʼzgarishlarga muvofiq qayta koʼrib chiqish;
masofaviy taʼlim platformasida interaktiv kontent (videodarslar) ulushini oshirish;
4.3. Tinglovchilar va mijozlar bilan ishlash
taʼlim xizmatlari sifati boʼyicha tinglovchilar qoniqish darajasini muntazam monitoring qilish;
“taʼlim sifatidan qoniqish” koʼrsatkichini kamida 90 foiz darajada taʼminlash.
4.4. Imtihon jarayonlari va shaffoflik
imtihon jarayonlarini 100 foiz videokuzatuv va avtomatlashtirilgan test tizimlari orqali oʼtkazish;
inson omilini minimallashtirish orqali korruptsiya xavflarini kamaytirish;
sertifikat va guvohnomalarning haqiqiyligini tekshirish uchun QR-kodli yagona elektron reestr tizimini toʼliq joriy etish.
Muassasa quyidagi majburiyatlarni oʼz zimmasiga oladi:
taʼlim xizmatlari sifati va samaradorligini taʼminlash;
tinglovchilar, ish beruvchilar va boshqa manfaatdor tomonlar talablarini aniqlash va qondirish;
taʼlim dasturlarini mehnat bozori va xavfsizlik sohasidagi normativ talablarga muvofiq muntazam yangilash;
xavf va imkoniyatlarni boshqarish orqali barqaror faoliyat yuritish;
ichki auditlar va rahbariyat tahlili orqali doimiy yaxshilashni taʼminlash;
intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va ularning buzilishiga yoʼl qoʼymaslik;
barcha tinglovchilar uchun teng sharoit va adolatli munosabatni taʼminlash.
Muassasa faoliyati ochiqlik, xolislik, adolat, manfaatdor tomonlar bilan samarali hamkorlik va doimiy takomillashtirish tamoyillariga asoslanadi.
Mazkur siyosat barcha xodimlar uchun majburiy hisoblanadi hamda Muassasaning strategik maqsad va vazifalarini belgilash uchun asos boʼlib xizmat qiladi.
| Direktor | Sh.P. Sagdiev |
| 05.12.2025 yil |