"Kontexnazorato'quv" davlat muassasasida Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha “Ma’naviyat va ma’rifat burchagi” tashkil etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 21-oktyabrdagi PF-5850-sonli hamda 2020-yil 20-oktyabrdagi “2020-2030-yillarda davlat tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6084-sonli Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida kitobxonlik kuni tashkil etildi.


“KONTEXNAZORATO‘QUV” davlat muassasasi faoliyatining asosida ham bilim, mas’uliyat, intizom va inson hayotini asrash kabi yuksak qadriyatlar turadi. Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif jamoaga kasbiy faoliyatda ham ma’rifatning o‘rni beqiyos ekanini yana bir bor eslatdi. Zero, xavfsizlik madaniyati ham chuqur bilim, tarixiy tajriba, mas’uliyatli yondashuv va inson qadrini ulug‘lashdan boshlanadi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tashriflar xodimlarning dunyoqarashini kengaytirib, jamoaviy birdamlikni mustahkamlaydi, Vatan taqdiri va xalq manfaatiga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytiradi. Ajdodlarimizning ilmga sadoqati, bunyodkorlik ruhi va komillikka intilishi bugungi mutaxassislar uchun ham ibrat maktabidir.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi — xalqimizning buyuk tarixiga ehtirom, bugungi bunyodkorlik salohiyatiga ishonch va ma’rifatli kelajakka qat’iy intilish timsolidir. Ushbu muazzam majmuaning barpo etilishi Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida milliy merosni asrash, ilm-fanni ulug‘lash va Yangi O‘zbekistonning insonparvar qiyofasini dunyoga namoyon etish borasida amalga oshirilgan tarixiy ishlarning yorqin ifodasidir.