Biz – sanoat xavfsizligi sohasidagi mutaxassislarga yuqori malakali ekspertlar tomonidan zamonaviy bilim va ko'nikmalar beruvchi davlat muassasasimiz

Bizning faoliyatimiz oddiy g'oyadan emas, balki qonun ustuvorligi va mas'uliyatdan boshlangan. 1999-yilda asos solingan muassasamiz xavfsiz mehnat muhitini yaratish va ishlab chiqarishdagi xatarlarni kamaytirishdek ulug‘vor maqsadga xizmat qilib kelmoqda. Faoliyatimizning har bir bosqichi qat’iy me’yoriy hujjatlar va yuksak professionallikka bo‘lgan sodiqlik bilan mustahkamlangan.

“Kontexnazoratoʻquv” davlat muassasasi — texnika va texnologiyalarning jadal rivojlanishini hisobga olgan holda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda liftlar va attraksionlar xavfsizligini taʼminlash sohalarida faoliyat yurituvchi mutaxassis (ekspert)larni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiruvchi davlat muassasasi