• 2026-09-07 12:00
  • 3.9K View


⚠️ Yuqori bosim ostida ishlovchi quvurlar, shlanglar, sisternalar, bosimli idishlar, ballonlar, kompressorlar, gaz qurilmalari va boshqa bosim tizimlari bilan ishlashda belgilangan xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish zarur.

🔹Uskunalarni belgilangan ishchi bosim va harorat chegaralarida ishlating.
🔹Manometr, saqlovchi klapan va boshqa himoya qurilmalarining sozligini muntazam nazorat qiling.
🔹Quvur, shlang, ballon va sisternalarda korroziya, yoriq, deformatsiya, yeyilish yoki gaz sizib chiqishi aniqlansa, foydalanishni to‘xtating.
🔹Shlang va quvurlarni belgilangan bosimdan ortiq yuklamang, ulanish joylarini ishonchli mahkamlang.
🔹Bosim ostidagi uskunani bosim to‘liq tushirilmasdan ochmang, ajratmang yoki ta’mirlamang.
🔹Gaz sizib chiqishida ochiq olov va uchqun manbalaridan foydalanmang, belgilangan avariya tartibiga muvofiq harakat qiling.
🔹Sisterna, ballon va boshqa bosimli idishlarni belgilangan texnik ko‘rik va sinovlardan o‘tkazmasdan foydalanmang.
🔹Uskuna konstruksiyasi yoki ish rejimiga ruxsatsiz o‘zgartirish kiritmang.
🔹Bunday uskunalarda faqat o‘qitilgan, yo‘riqnomadan o‘tgan va tegishli malakaga ega xodimlar ishlashi kerak.
🔹Texnik xizmat, ko‘rik, sinov va ta’mirlash ishlarini belgilangan tartibda va vakolatli mutaxassislar tomonidan amalga oshiring.

❗️MUHIM:
Bosim ostidagi uskuna va gaz tizimlarida xavfsizlik — texnik sozlik, himoya qurilmalari, muntazam nazorat va xodimlarning mas’uliyatli yondashuviga bog‘liq.
Nosoz yoki belgilangan talablarga javob bermaydigan uskunadan foydalanmang.

🛡Sanoat xavfsizligi — hayot xavfsizligidir.