• 2025-03-18 15:00
  • 3.9K View


Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 30 noyabrdagi 635-son qarori bilan tasdiqlangan “Ayrim turdagi malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona ma’muriy reglamenti”ga asosan bir guruh sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlari uchun navbatdagi o‘quv malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

O‘quv malaka oshirish kurslari ekspert guvohnomasini berish pasportida belgilangan talablarga muvofiq, joriy yilning 11-14 mart kunlari “Kontexnazorato‘quv” davlat muassasasida attestatsiya sohalari kesimida 4 ta guruhdan iborat sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarga 24 soatlik malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Malaka oshirish o‘quv kurslari yakuni bo‘yicha 13-14 mart kunlari qo‘mita ma’muriy binosi faollar zalida, malaka oshirish kurslarida muvofaqiyatli ishtirok etgan tinglovchilar bilan suhbat shaklida tashkil etilgan tadbirda o‘z yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savolllariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan atroflicha javoblar olishdi.

“Bu kabi o‘quv kurslar va o‘zaro muloqotlar muntazam shaklda tashkil etib borilishi, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning izchil davom ettirilishiga zamin bo‘ladi” - deya ta’kidladi kurs tinglovchilari.