“Kontexnazorato‘quv” davlat muassasasi tomonidan xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida faoliyat yurituvchi muhandis-texnik xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
Shu yilning 13–17-aprel kunlari “UZ-Kor Gas Chemical” MChJ QK korxonasida “Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridan (XIChO) foydalanuvchi tashkilotlarning muhandis-texnik xodimlarini sanoat xavfsizligi sohasida tayyorlash” mavzusida maxsus o‘quv kursi bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu o‘quv kursi sanoat xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda korrupsiya xavflarini kamaytirish maqsadida tashkil etildi.
O‘quv dasturining asosiy yo‘nalishlari:
Raqamlashtirish va yangi tizim: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan joriy etilayotgan “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi ta’lim” elektron platformasining imkoniyatlari tanishtirildi.
Zamonaviy nazorat mexanizmlari: Xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazishda inson omilini kamaytirish maqsadida qo‘llaniladigan sun’iy intellekt va FACE-ID (MYID) tizimlari orqali shaxsni tasdiqlash tartibi tushuntirildi.
Texnologik xavfsizlik: Gaz-kimyo majmuasining murakkab texnologik jarayonlarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, texnik reglamentlar va xalqaro standartlarni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Natijalarni baholash: Mashg‘ulotlar yakunida xodimlarning bilimlari avtomatlashtirilgan tarzda baholanib, ularga himoyalangan QR-kodli guvohnomalar shakllantirilishi ko‘zda tutilgan.
O‘quv jarayonida korxonaning ishlab chiqarish jarayonlariga mas’ul bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislari ishtirok etib, o‘zlarining nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlamoqdalar. Bu kabi tadbirlar “UZ-Kor Gas Chemical” korxonasida ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash va xodimlarning xavfsizlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
“Kontexnazorato‘quv” DM Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tasarrufidagi tashkilot sifatida, sohadagi barcha korxona va tashkilotlarni hamkorlikka chorlaydi.
Murojaat uchun telefonlar:
📞 +998 (97) 087-12-69
📞 +998 (90) 003-12-14
