Bugungi sana butun dunyoda korrupsiyaga qarshi kurashishda birdamlik ramzi sifatida nishonlanadi. “Kontexnazorato‘quv” davlat muassasasi ham o‘z faoliyatida shaffoflik va halollik prinsiplarini eng ustuvor vazifa deb biladi.
Xususan, muassamizda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini xalqaro talablarga moslashtirish bo‘yicha samarali ishlar olib borildi. Natijada, 2025-yilning 27-oktabr kuni “Kontexnazorato‘quv” DM korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimining ISO 37001:2016 xalqaro standarti sertifikatini qo‘lga kiritdi.
Mazkur sertifikat muassasamizning korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda ekanligini tasdiqlaydi. Bu esa tinglovchilarimiz va biznes hamkorlarimizning bizga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yangi, ochiq va shaffof bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Biz halol mehnat va shaffof faoliyat tarafdorimiz!
