• 2026-01-28 12:00
  • 3.9K View


👷‍♂️ Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida (XICHO) faqatgina maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va bilim darajasi tekshirilgan mutaxassislar ishlashiga ruxsat beriladi.

Vazillar Mahkamasining 291-sonli qaroriga asosan: Xavfli obyektlarda ishlovchi rahbar va mutaxassislar kamida 3 yilda bir marta sanoat xavfsizligi bo‘yicha attestatsiyadan o‘tishlari shart.

🔍 O‘qitish va attestatsiya jarayoni qanday kechadi? 1️⃣ Maxsus o‘quv kursi: Xodimlar texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va xavfsizlik qoidalarini o‘rganadilar; 2️⃣ Imtihon topshirish: Bilimlar Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi vakillari ishtirokidagi komissiya tomonidan sinovdan o‘tkaziladi; 3️⃣ Guvohnoma olish: Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tganlarga belgilangan namunadagi maxsus guvohnoma taqdim etiladi.

💡 Bilish muhim: Malaka oshirmagan yoki attestatsiyadan o‘tmagan xodimlarni xavfli obyektlarda ishlashga qo‘yish qat’iyan man etiladi va bu korxonaga nisbatan jiddiy choralarga sabab bo‘lishi mumkin.

"Kontexnazorato'quv" muassasasi rahbar va mutaxassislarni sanoat xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish, ularning bilimini oshirish va attestatsiyaga tayyorlash bo‘yicha barcha sharoitlarni ta’minlaydi.

🎓 Xavfsizlikni bilish — hayotni asrash demakdir!