🏢 15–19 dekabr kunlari “Kontexnazorato‘quv” davlat muassasasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida UZ-Kor Gas Chemical” QK MCHJ muxandis-texnik xodimlari uchun “Xavfli ishlab chiqarish ob’yeklaridan (XIChO) foydalanuvchi tashkilotlarning muxandis-texnik xodimlarini sanoat xavfsizligi sohasida tayyorlash” kursini tashkil qildi.
📍 O‘quv mashg‘ulotlarida korxonaning muhandis-texnik xodimlari ishtirok etdi.
💡 Kurs davomida tinglovchilar:
sanoat xavfsizligi sohasidagi nazariy bilimlarini chuqurlashtirdi;
amaldagi me’yoriy va texnik hujjatlar hamda xavfsizlik standartlarini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni mustahkamladi;
ishlab chiqarish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish malakalarini shakllantirdi.
🎯 O‘quv kursining asosiy maqsadi:
ishlab chiqarishda xavfsizlik madaniyatini oshirish;
xodimlarning kasbiy tayyorgarligini mustahkamlash;
inson hayoti va salomatligini muhofaza qilishga xizmat qilish.
🔹 “UZ-Kor Gas Chemical” QK MCHJ tomonidan “Kontexnazorato‘quv” DM hamkorligida tashkil etilgan mazkur o‘quv kursi, sanoat xavfsizligi sohasida yuqori malakali va amaliy jihatdan tayyor xodimlarni shakllantirish, ishlab chiqarishdagi xavf omillarini kamaytirish va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.
