• 2026-01-12 12:00
  • 3.9K View


🏗 Har qanday xavfli ishlab chiqarish obyektida binolar, inshootlar va texnik qurilmalarning xavfsizlik talablariga muvofiqligini tekshirish — bu davlat talabidir.

Vazirlar Mahkamasining 784-sonli qaroriga asosan, ekspertiza quyidagi hollarda o‘tkazilishi shart:

1️⃣ Loyiha hujjatlari uchun — obyektni qurish, kengaytirish yoki texnik qayta qurollantirishdan oldin; 2️⃣ Texnik qurilmalar uchun — xizmat muddati tugaganda yoki 20 yildan ortiq ishlatilganda; 3️⃣ Bino va inshootlar uchun — agar ularda deformatsiya yoki texnik nosozliklar aniqlangan bo‘lsa.

🔍 Ekspertiza xulosasi kim tomonidan beriladi? Ekspertiza akkreditatsiyadan o‘tgan ekspert tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladi va uning ijobiy xulosasi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.

💡 Muhim eslatma: Ekspertizadan o‘tmagan yoki salbiy xulosa olingan texnik qurilmalardan foydalanish qat’iyan man etiladi!

🤝 “Kontexnazorato'quv” mutaxassislari ekspertiza jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rishda sizga metodik yordam berishga doimo tayyor.