• 2026-01-19 12:00
  • 3.9K View


🏭 Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavfsizlikni ta'minlash faqat tashqi tekshiruvlarga bog'liq emas. Buning uchun korxonaning o'zida Ishlab chiqarish nazorati tizimi yo'lga qo'yilgan bo'lishi shart.

Vazirlar Mahkamasining 291-sonli qaroriga muvofiq: Xavfli obyektlardan foydalanuvchi har bir tashkilot sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qiluvchi mas'ul xodimni tayinlashi yoki maxsus xizmatni tashkil etishi lozim.

🔍 Ishlab chiqarish nazoratining asosiy vazifalari: 1️⃣ Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini muntazam tekshirib borish; 2️⃣ Texnik qurilmalar va binolarning holatini nazorat qilish; 3️⃣ Xodimlarning xavfsizlik qoidalari bo'yicha bilimini oshirish va attestatsiyadan o'tkazishni tashkil etish; 4️⃣ Har yili 1-aprelga qadar amalga oshirilgan ishlar bo'yicha Qo'mitaga hisobot topshirish.

💡 Nima uchun bu kerak? To'g'ri yo'lga qo'yilgan ichki nazorat — korxonada kutilmagan to'xtalishlar, jarimalar va eng muhimi, inson hayotiga xavf soluvchi hodisalarning oldini oladi.

"Kontexnazorato'quv" muassasasi ishlab chiqarish nazoratiga mas'ul xodimlarni o'qitish va ularga uslubiy yordam ko'rsatishda doimo hamkorlikka tayyor!