
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasida Qo‘mita faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik bilan samarali muloqotni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.
Tadbir davomida Qo‘mita faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi. Jamoatchilik kengashi a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etilib, soha faoliyatiga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Mazkur jamoatchilik eshituvida “Kontexnazorato‘quv” DM nomidan Media Marketing xodimi M. Aliyev ham ishtirok etdi.
Bunday uchrashuvlar davlat tashkilotlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda sohadagi jarayonlar haqida xolis va ishonchli axborot yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
