🏢 2026-yil 9–13-mart kunlari Olmaliq shahrida “Kontexnazorat o‘quv” DM hamda OKMK hamkorligida “Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan (XIChO) foydalanuvchi tashkilotlarning muhandis-texnik xodimlarini sanoat xavfsizligi sohasida tayyorlash” mavzusida o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.
📍 O‘quv mashg‘ulotlarida **OKMK (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati)**ning muhandis-texnik xodimlari ishtirok etdi.
💡 Kurs davomida tinglovchilarning sanoat xavfsizligi sohasidagi nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, amaldagi huquqiy va texnik hujjatlar hamda xavfsizlik standartlari bilan yaqindan tanishtirish, ularni ish jarayonida to‘g‘ri qo‘llash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📚 Shuningdek, darslar davomida:
— ishlab chiqarishda xavfsizlik madaniyatini oshirish;
— favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha amaliy tayyorgarlik;
— xodimlarning kasbiy malakasini mustahkamlash yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi.
✅ Mazkur kurs xavfli ishlab chiqarish obyektlarida faoliyat olib boruvchi xodimlarning malakasini oshirish hamda ishlab chiqarishdagi xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
