• 2026-02-13 12:00
  • 3.9K View


🏢 9–13-fevral kunlari Qashqadaryo viloyatida “Kontexnazorato‘quv” DM hamda “Uzbekistan GTL” MCHJ hamkorligida “Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridan (XIChO) foydalanuvchi tashkilotlarning muhandis-texnik xodimlarini sanoat xavfsizligi sohasida tayyorlash” kursi bo‘lib o‘tdi.

📍 O‘quv mashg‘ulotlarida quyidagi korxonaning muhandis-texnik xodimlari ishtirok etdi: “Uzbekistan GTL” MCHJ

💡 Kurs davomida tinglovchilarning sanoat xavfsizligi sohasidagi nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, amaldagi huquqiy va texnik hujjatlar hamda xavfsizlik standartlari bilan yaqindan tanishtirish, ularni ish jarayonida to‘g‘ri qo‘llash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📚 Shuningdek, darslar davomida:

  • Ishlab chiqarishda xavfsizlik madaniyatini oshirish;

  • Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha amaliy tayyorgarlik;

  • Xodimlarning kasbiy malakasini mustahkamlash yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi.

✅ Mazkur kurs xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida faoliyat olib boruvchi xodimlarning malakasini oshirish va ishlab chiqarishdagi xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.