• 2025-03-12 21:05
  • 3.9K View


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi raisi boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Atrof-muhit, texnologiya va yadro nazorati federal xizmati Rostexnadzorda amaliy tashrif bilan bo‘lib to‘ribdi. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi raisi Abduvakkos Rafiqov va Rostexnadzor rahbari Aleksandr Trembitskiy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi nazorat organlarining funsiya va vakolatlari haqida ma’lumot almashishdi shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Muhokamalar natijasi bo‘yicha 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan Qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqishga kelishib olindi. Uchrashuv davomida Rostexnadzor Axborot-tahlil markazi faoliyati delegatsiya vakillariga namoyish etildi. Tashrif 2025-yil 13-martgacha davom etadi, tashrif dasturiga ko‘ra delegatsiya Rostexnadzor FBU «NTS YARB» va «VO «Bezopasnost» OAJning ilmiy-texnik yordam tashkilotlariga borishi shuningdek, Kalinin AESga ham texnik tur rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida. Hamkorlik atrof-muhit, texnologiya va yadro nazorati federal xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi o‘rtasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishda yadro va radiatsiyaviy xavfsizlikni tartibga solish sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitim doirasida amalga oshirilmoqda.