🗓 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda "Kontexnazorato'quv" DM rahbar va xodimlari ham faol ishtirok etdilar.
🔹 Tadbirni Qo‘mita raisi o‘rinbosari S. Yakubekov hamda ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchi A. Yashnarbekov kirish so'zi bilan ochib berdilar.
🔹 TDYU professori, yuridik fanlar doktori F. Muhitdinova “Davlat tilining huquqiy asoslari va takomillashtirish masalalari” mavzusida ma’ruza qildi.
📚 Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, professor B. Alixanovning “Global o‘zgarishlar jarayonida O‘zbekistonda ekologik, energetik va sanoat xavfsizligini ta’minlash” nomli yangi asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
✍️ Umummilliy diktant: Dastur doirasida barcha xodimlar, xususan, "Kontexnazorato'quv" DM mutaxassislari ham ommaviy diktant loyihasida qatnashib, davlat tilidagi savodxonliklari hamda yozma nutq madaniyatlarini sinovdan o'tkazdilar.
🎓 Tadbir doirasida Qo‘mita boshqarma boshlig‘i Djurayev Olimjon Azizovichga munosib ko‘rilgan akademik unvoni ham tantanali ravishda topshirilganini alohida ta'kidlash lozim.
🇺🇿 Ona tiliga ehtirom — milliy qadriyatlarimizga ehtiromdir!
#OnaTili #TilBayrami #Kontexnazoratoquv #UmummilliyDiktant #Qomita
