🏛 Bugun Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi hamda ROSEN Group hamkorligida “Risk omillarini hisobga olgan holda inspeksiya: API RP 580/581” mavzusidagi o‘quv treningi boshlandi.
📍 Mazkur trening “Kontexnazorato‘quv” davlat muassasasida tashkil etilgan bo‘lib, unda Qo‘mita nazoratidagi yirik sanoat obyektlari vakillari ishtirok etmoqda.
🔎 Trening davomida ishtirokchilar sanoat obyektlarida riskka asoslangan inspeksiya yondashuvlari, API RP 580/581 standartlari, xavflarni baholash hamda zamonaviy inspeksiya usullarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda.
✅ Ayni vaqtda birinchi kun doirasida Qo‘mita va ROSEN Group vakillarining kirish so‘zlari, nazariy mashg‘ulotlar hamda savol-javob sessiyalari o‘tkazilmoqda.
⚙️ Ushbu trening yirik sanoat korxonalarida xavfsizlik madaniyatini oshirish, inspeksiya jarayonlarida zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash va mutaxassislarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
