🏢 15–19 dekabr kunlari Navoiy viloyatida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati muxandis-texnik xodimlari uchun “Xavfli ishlab chiqarish ob’yeklaridan (XIChO) foydalanuvchi tashkilotlarning muxandis-texnik xodimlarini sanoat xavfsizligi sohasida tayyorlash” o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.
🎯 O‘quv kursining asosiy maqsadi:
- ishlab chiqarishda xavfsizlik madaniyatini oshirish;
- xodimlarning kasbiy tayyorgarligini mustahkamlash;
- inson hayoti va salomatligini muhofaza qilishga xizmat qilish.
🔹 “NKMK” AJ va “Kontexnazorato‘quv” DM hamkorligida tashkil etilgan mazkur o‘quv kursi, sanoat xavfsizligi sohasida yuqori malakali va amaliy jihatdan tayyor xodimlarni shakllantirish, ishlab chiqarishdagi xavf omillarini kamaytirish va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.
