
Kontexnazorato‘quv davlat muassasasidan eslatma:
Rezervuarlar, quduqlar, bunkerlar, quvurlar va boshqa cheklangan yoki yopiq maydonlarda ish olib borish yuqori xavf bilan bog‘liq. Bunday sharoitlarda xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish uchun belgilangan xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish zarur.
⭕️ Ish boshlanishidan oldin mavjud xavf-xatarlar aniqlanib, baholanishi hamda belgilangan tartibda naryad-ruxsatnoma
rasmiylashtirilishi lozim.
⭕️ Ish joyidagi havoning tarkibi, jumladan kislorod miqdori, zaharli va yonuvchan gazlar mavjudligi maxsus o‘lchov vositalari yordamida tekshirilishi va ish davomida muntazam nazorat qilinishi kerak.
⭕️ Zaruratga ko‘ra cheklangan maydon shamollatilishi, xodimlar esa ish sharoitiga mos shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi shart.
⭕️ Xodimlarning xavfsiz kirishi va chiqishi uchun zarur sharoit yaratilishi, ichkarida ishlayotgan xodim bilan tashqaridagi mas’ul kuzatuvchi o‘rtasida uzluksiz aloqa ta’minlanishi lozim.
⭕️ Favqulodda vaziyat yuzaga kelganda tezkor harakat qilish uchun qutqaruv rejasi ishlab chiqilishi va zarur qutqaruv vositalari oldindan tayyorlanishi kerak.
⭕️ Uskuna va texnologik tizimlarning tasodifan yoki kutilmaganda ishga tushishining oldini olish maqsadida energiya manbalari ishonchli tarzda blokirovka qilinishi zarur.
❗️ Unutmang: cheklangan va yopiq maydonlarga tegishli tayyorgarliksiz, xavfsizlik choralarini ko‘rmasdan hamda yolg‘iz holda kirish mumkin emas.
🛡 Mehnat va sanoat xavfsizligi talablariga rioya qilish — baxtsiz hodisalarning oldini olish, inson hayoti va salomatligini asrashning muhim kafolatidir.
