Balandlikda ishlashda xavfsizlik kamari — hayotingizni asrovchi asosiy vositadir. Ishni boshlashdan avval uning butunligiga ishonch hosil qiling.
⚠️ Quyidagi holatlarda himoya kamaridan foydalanish qat'iyan taqiqlanadi:
Tasmalarda kesilgan, yirtilgan yoki kuygan izlar bo'lsa;
Karabin va metall halqalari qiyshaygan yoki shikastlangan bo'lsa;
Foydalanish muddati o'tgan bo'lsa.
❌ Nosozlik aniqlandimi? Qoida oddiy: Foydalanmang ➡️ Ajratib qo'ying ➡️ "Foydalanilmasin" deb belgilang ➡️ Mas'ul shaxsga xabar bering!
✅ "Kontexnazorato'quv" DM eslatadi: O'z hayotingizga befarq bo'lmang, xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qiling!
