• 2026-08-12 12:00
  • 3.9K View


O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Kontexnazorato‘quv” davlat muassasasi faoliyatida erishilgan muhim natijalardan biri — xalqaro sifat va boshqaruv standartlarining amaliyotga joriy etilganidir.

Muassasa tomonidan ta’lim jarayonlari sifatini oshirish, boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda faoliyatning ochiqligi va samaradorligini ta’minlash yo‘lida izchil ishlar olib borilib, uchta xalqaro ISO standarti bo‘yicha sertifikatlar qo‘lga kiritildi:

🔹 ISO 37001:2018 — Anti-bribery management systems
Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi bo‘yicha xalqaro standart. Sertifikat 2025-yil 27-oktabrda olingan.

🔹 ISO 9001:2015 — Quality management systems
Sifat menejmenti tizimi bo‘yicha xalqaro standart. Sertifikat 2026-yil 4-mayda olingan.

🔹 ISO 21001:2018 — Educational Organizations Management Systems
Ta’lim tashkilotlarini boshqarish tizimi bo‘yicha xalqaro standart. Sertifikat 2026-yil 7-mayda olingan.

Mazkur natijalar “Kontexnazorato‘quv” davlat muassasasida xalqaro talablar asosidagi sifatli ta’lim, samarali boshqaruv va zamonaviy yondashuvlarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy ifodasidir.

🇺🇿 Mustaqillik — taraqqiyot, yangilanish va yuksalish sari mustahkam poydevor!