• 2026-10-13 12:00
  • 3.9K View


⚡️ Bugun soat 10:00 da O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutida nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshlamoqda.

Mavzu: “Aholini iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishdagi muammolari va ularning yechimlari”

Tabiat injiqliklari va iqlim o‘zgarishi globallashib borayotgan bir vaqtda, aholi va hududlar xavfsizligini ta'minlash har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo'mitasi hamda uning tasarrufidagi "Kontexnazorato'quv" DM ushbu global muammolar yechimiga bag'ishlangan ilmiy-amaliy tashabbuslarni doimo qo'llab-quvvatlaydi.

Mazkur anjumanda soha mutaxassislari, olimlar va vakolatli idoralar vakillari ishtirok etib, iqlim o'zgarishi oqibatlarini yumshatish, xavflarni oldindan baholash va zamonaviy yechimlar bo'yicha o'zlarining ilmiy maqola, tezis va tajribalari bilan o'rtoqlashadilar.

🛡 Xavfsizlik va barqarorlik — barchamizning mushtarak maqsadimizdir!