“KONTEXNAZORATŌQUV” DАVLАT MUАSSАSАSI
2025 YILGА MOʼLJАLLАNGАN KORRUPTSIYAGА QАRSHI SIYOSАT
1. Umumiy qoidalar
“KONTEXNAZORATŌQUV” davlat muassasasi (keyingi oʼrinlarda — Muassasa)
texnika va texnologiyalarning jadal rivojlanishini hisobga olgan holda sanoat, radiatsiya
va yadro xavfsizligi, shuningdek, liftlar va attraktsionlar xavfsizligi sohalarida faoliyat yurituvchi mutaxassis (ekspert)larni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiruvchi davlat muassasasidir. Muassasa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʼmitasi tizimida faoliyat koʼrsatadi.
2. Siyosatning maqsadi
Muassasada shaffoflik, adolat, halollik va etika tamoyillariga asoslangan boshqaruv muhitini yaratish, korruptsiyaning oldini olish va uning har qanday koʼrinishlariga qarshi qatʼiy kurashni taʼminlash.
3. Xalqaro standartlarni joriy etish
Muassasa korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish boʼyicha zamonaviy yondashuvlarni joriy etish maqsadida ISO 37001:2016 “Korruptsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” xalqaro standartini tatbiq etadi. Ushbu tizim Muassasaning barcha faoliyat yoʼnalishlarida qonuniylik, shaffoflik va javobgarlikni taʼminlashga xizmat qiladi.
4. Muassasaning 2025 yildagi ustuvor vazifalari:
- ISO 37001:2016 standarti talablarini toʼliq joriy etish;
- Xodimlar va manfaatdor tomonlar uchun korruptsiyaga qarshi oʼquv kurslari va malaka oshirish seminarlarini tashkil etish;
- Korruptsiyaga oid holatlarni aniqlash, ular haqida xabardor qilish va tegishli chora koʼrish tizimini yoʼlga qoʼyish;
- Muassasada oʼqitish va imtihon jarayonlari uchun taʼlim platformasini joriy qilish.
5. Muassasa rahbariyatining majburiyatlari:
- Korruptsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirishda barcha xodimlar, tinglovchilar
va manfaatdor tomonlarning faol ishtirokini taʼminlash;
- Korruptsiyaning har qanday koʼrinishini qatʼiy ravishda taqiqlash;
- Barcha faoliyatda amaldagi qonunchilik va ISO 37001 talablariga rioya etilishini taʼminlash;
- Korruptsiyaga qarshi maqsadlarni belgilash, tahlil qilish va ularga erishish uchun zarur resurslarni ajratish;
- Korruptsiyaga qarshi menejment tizimining samaradorligini muntazam ravishda baholash va yaxshilab borish;
- Korruptsiyaga oid shubhalar haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish va ularga nisbatan javob choralari qoʼllanmasligini kafolatlash;
- Korruptsiyaga qarshi masʼul shaxslarning mustaqil faoliyati va vakolatlarini taʼminlash;
- Barcha xodimlarga mazkur siyosat talablarini va ularga amal qilmaslik oqibatlarini tushuntirish.
6. Yakuniy qoidalar
Muassasa barcha xodimlaridan ushbu siyosatga rioya etishni talab etadi va korruptsiyaning har qanday shakliga nisbatan murosasiz munosabatda boʼladi. Ushbu siyosat “KONTEXNAZORATŌQUV” davlat muassasasining KORRUPTSIYAGА qarshi tizimini mustahkamlash va faoliyatining shaffofligini taʼminlashga qaratilgan asosiy hujjat hisoblanadi.