2026-yil 13-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi delegatsiyasining Polşa Respublikasiga amaliy taşrifi doirasida Polşa akkreditatsiya markazi (PCA) hamda Polşa Energetika vazirligi rahbariyati bilan uçraşuvlar ötkazildi.
PCA bilan uçraşuvda muvofiqlikni baholaş organlarini akkreditatsiyadan ötkaziş, ISO/IEC 17020 va ISO/IEC 17024 xalqaro standartlarini joriy etiş, şuningdek, tajriba almaşiş va özaro hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Polşa Energetika vazirligi vakillari bilan muloqotda energetika xavfsizligi, atom energetikasini rivojlantiriş, kiçik modulli reaktorlar texnologiyasi hamda Özbekiston bilan qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuvlar yakunida tomonlar amaliy hamkorlikni rivojlantiriş, tajriba almaşiş va istiqbolli yönalişlarda hamkorlik aloqalarini davom ettirişga kelişib oldilar.
