Kontexnazoratu'quv Davlat Muassasasi jamoasi nomidan bayram tabrigi
Muqaddas Ramazon oyi yakunlanib, qalblarga quvonch va orom bag'ishlovchi ulug' ayyom – Ramazon hayiti kirib kelmoqda. Bu kun o'zaro mehr-oqibat, saxovat, kechirimlilik va ezgulik bayramidir.
Ushbu qutlug' kunlar munosabati bilan Kontexnazoratu'quv Davlat Muassasasi rahbariyati va butun jamoasi barcha yurtdoshlarimizni, hamkasblarimizni va ilmga tashna o'quvchilarimizni samimiy muborakbod etadi!
Ramazon oyi davomida tutilgan ro'zalar, qilingan ibodatlar va ehsonlar Olloh dargohida qabul bo'lsin. Bu muborak ayyom xonadonlaringizga fayz-u baraka, qalblaringizga xotirjamlik va oilalaringizga sog'liq-salomatlik olib kelsin.
Ma'lumki, Kontexnazoratu'quv Dm o'z faoliyatida davlatimizning texnik nazorati va ta'lim tizimiga munosib hissa qo'shib kelmoqda. Biz ilm va mahorat yo'lida harakat qilayotgan har bir o'quvchimizning yutuqlaridan g'ururlanamiz. Bu bayram kunlarida ilm olishga, yangi bilimlarni egallashga va halol mehnat qilishga bo'lgan ishtiyoqingiz yanada kuchayishini tilaymiz.
Kelgusi kasbiy va o'quv faoliyatlaringizda yangidan-yangi muvaffaqiyatlar yor bo'lsin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, bayram shodiyonasi bardavom bo'lsin!
Ramazon hayiti barchamizga muborak bo'lsin!
HURMAT BILAN,
KONTEXNAZORATO'QUV DAVLAT MUASSASASI RAHRARIYATI VA JAMOASI.
