🏢 2026-yil 10-mart kuni “Kontexnazorat o‘quv” DM tomonidan “Sanoat xavfsizligi sohasida ekspertlarni tayyorlash” o‘quv kursi boshlandi.
📅 Mazkur o‘quv kursi 27-martga qadar davom etadi.
💻 O‘quv mashg‘ulotlari masofaviy tarzda, Zoom platformasi orqali tashkil etilmoqda, bu esa hududlardan qat’i nazar mutaxassislarning faol ishtirok etishiga imkon yaratmoqda.
📍 Kursda respublikamizning turli korxona va tashkilotlaridan kelgan mutaxassislar ishtirok etmoqda. Jumladan:
— Navoiy Intellekt MCHJ
— Neftgazme’yor MCHJ
— Sanoat Loyiha Ekspert MCHJ
— XICHO Sanoat Ekspertiza MCHJ
— Prom Tex Injinering MCHJ
— Bezopasnost i Kontrol MCHJ
— Texnopromekspertiza MCHJ
— Sifat Politex MCHJ
— Neftekhimdiagnostika MCHJ
— Metallabs MCHJ
— Alfa-servis MCHJ
va boshqa bir qator tashkilotlar vakillari faol qatnashmoqda
💡 Kurs davomida tinglovchilarga:
— sanoat xavfsizligi bo‘yicha chuqur nazariy bilimlar;
— xavfli ishlab chiqarish obyektlarini baholash va nazorat qilish ko‘nikmalari;
— amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar va texnik talablar;
— favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha amaliy bilimlar berilmoqda.
📚 Shuningdek, o‘quv dasturi doirasida ishlab chiqarishda xavfsizlik madaniyatini oshirish, ekspertlik faoliyatini rivojlantirish hamda muhandis-texnik xodimlarning kasbiy salohiyatini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
✅ Ushbu o‘quv kursi sanoat xavfsizligi sohasida yuqori malakali ekspertlarni tayyorlash, ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlikni ta’minlash va xavfli obyektlarda nazorat tizimini kuchaytirishga xizmat qiladi.
