• 2026-10-21 12:00
  • 3.9K View


Bugun, 21-oktabr kuni Samarqand shahrida “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” mavzusidagi Jahon sammiti o‘z ishini boshladi.

100 dan ortiq davlat vakillari ishtirokidagi mazkur nufuzli anjumanda bolalar salomatligi, sifatli ta’lim, ijtimoiy himoya va xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilinmoqda.

Ushbu xalqaro sammit kelajak avlod uchun xavfsiz, sog‘lom va farovon muhit yaratish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda barqaror taraqqiyotga xizmat qiladi.