Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida faoliyat yuritishda eng muhim masalalardan biri — avariya yuz bergan taqdirda uning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini tezkor bartaraf etishga tayyor turishdir.
Shu jihatdan, “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-57-son Qonunning 11-moddasi xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilotlar uchun aniq sanoat xavfsizligi talablarini belgilab beradi.
Mazkur moddaga ko‘ra, xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilotlar quyidagi majburiyatlarni bajarishi shart:
Tashkilot avariya yuz berganda uning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, insonlar hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, shuningdek zarar ko‘lamini kamaytirish bo‘yicha zarur tadbirlarni oldindan rejalashtirishi va amalda qo‘llashi kerak.
Qonunchilikka muvofiq, tashkilot tegishli professional avariya-qutqaruv xizmatlari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzishi lozim. Ayrim hollarda esa o‘zining avariya-qutqaruv xizmatlarini yoki xodimlari tarkibidan shtatsiz avariya-qutqaruv tuzilmalarini tashkil etishi talab etiladi.
Favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda tezkor choralar ko‘rish uchun tashkilot qonunchilikka muvofiq yetarli miqdorda moliyaviy mablag‘lar hamda moddiy resurslar zaxirasiga ega bo‘lishi zarur.
Agar xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yoki noxush hodisa yuz bersa, xodimlar qanday harakat qilishni aniq bilishi kerak. Shu sababli tashkilot o‘z xodimlarini bunday vaziyatlarda bajariladigan harakatlarga muntazam o‘qitib borishi shart.
Tashkilot avariya ehtimolini inobatga olgan holda kuzatish, xabar berish, aloqa va tezkor harakatlarga ko‘maklashuvchi tizimlarni tashkil etishi, shuningdek ularning doimiy ravishda soz va yaroqli holatda bo‘lishini ta’minlashi kerak.
Mazkur talablar xavfli ishlab chiqarish obyektlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni kuchaytiradi, avariyaning keng ko‘lamda tarqalib ketishining oldini oladi hamda insonlar hayoti, sog‘lig‘i va atrof-muhitni muhofaza qilishga xizmat qiladi.
Shuningdek, bu norma tashkilotlardan faqat ishlab chiqarish jarayonini olib borishni emas, balki har qanday xavfli vaziyatga oldindan puxta tayyor turishni ham talab etadi.
O‘RQ-57-son Qonunning 11-moddasi sanoat xavfsizligini таъминлашда муҳим ҳуқуқий асосlardan бири ҳисобланади. Унга кўра, хавфли ишлаб чиқариш объектидан фойдаланувчи ташкилот аварияларнинг олдини олиш, уларнинг кенгайиб кетишига йўл қўймаслик ва оқибатларини бартараф этиш бўйича тайёргарлик ишларини тизимли равишда ташкил этиши шарт.
Sanoat xavfsizligi — bu faqat talab emas, balki inson hayoti va jamiyat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ustuvor masaladir.