• 2026-05-13 12:00
  • 3.9K View


O‘zbekiston Respublikasida sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida kadrlar tayyorlash tizimi xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi. Mamnuniyat bilan shuni ma'lum qilamizki, «Kontexnazorato‘quv» davlat muassasamiz ta'lim menejmenti tizimi bo'yicha xalqaro talablarga to‘la javob berishini isbotlab, xalqaro akkreditatsiyadan o'tgan ISO 21001:2018 sertifikatiga munosib ko‘rildi.

🔍 Nima uchun bu tarixiy voqea? Odatda bu standart umumiy ta'lim muassasalariga beriladi. Ammo aynan sanoat va yadro xavfsizligi kabi o‘ta mas’uliyatli va murakkab yo'nalishda ta'lim beruvchi muassasamizning bunday darajaga erishishi nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyo va MDH davlatlari orasida ham dastlabki va eng noyob amaliyotlardan biridir.

📑 Sertifikat qaysi yo'nalishlarni qamrab oladi? Xalqaro audit natijalariga ko‘ra, markazimizdagi 20 ta muhim yo‘nalish bo'yicha o‘quv jarayonlari yuqori baholandi. Jumladan: 🔹 Sanoat xavfsizligi ekspertlarini tayyorlash; 🔹 Radioaktiv moddalar va ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlovchi mutaxassislarni o'qitish; 🔹 Bosim ostida ishlovchi idishlar va yuk ko‘tarish kranlari bo'yicha muhandis-texnik xodimlarni tayyorlash.

Ushbu yutuq respublikamizda strategik obyektlar va xavfli ishlab chiqarish sohalari uchun muassasamiz tomonidan tayyorlanayotgan kadrlarning bilimi dunyo standartlariga to'la mos kelishining rasmiy kafolatidir! Ishonch va hamkorlik uchun barcha tinglovchilarimiz hamda hamkorlarimizga minnatdorchilik bildiramiz. Biz sifatli ta'lim va xavfsiz kelajak yo'lida ishlashda davom etamiz!