• 2026-04-28 12:00
  • 3.9K View


Sizlarni 28-aprel — Mehnatni muhofaza qilish 🛡 kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

Sizlarning yuksak mas’uliyat, chuqur bilim va boy tajribaga asoslangan fidokorona faoliyatingiz mamlakatimiz 🇺🇿 sanoat tarmoqlarida radiatsion va yadro xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Sizlar tomonidan amalga oshirilayotgan tizimli nazorat, zamonaviy yondashuvlar hamda ilg‘or xavfsizlik standartlarining joriy etilishi inson hayoti va sog‘lig‘ini 🩺, shuningdek, atrof-muhitni 🌿 muhofaza qilishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Qo‘mita jamoasining mas’uliyatli va sharafli mehnati tufayli ishlab chiqarish 🏭 jarayonlarida xavf-xatarlarning ⚠️ oldi olinib, barqaror va xavfsiz ish muhiti yaratilmoqda. Bu esa yurtimiz sanoat salohiyatining izchil rivojlanishiga mustahkam zamin yaratadi.

Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy farovonlik 🏡 hamda kasbiy faoliyatingizda ulkan zafarlar 🏆 tilaymiz. Kelgusida ham mas’uliyatli faoliyatingizda yuksak natijalarga erishib, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilishda davom etishingizga tilakdoshmiz.

Hurmat bilan! 🤝
“Kontexnazorato’quv” DM jamoasi.