Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan holda zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni majburiy sugʻurta qilish. Ish beruvchining javobgarligi
Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan holda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik qonunchilikda belgilanadigan tartibda majburiy sugʻurta qilinishi kerak.
Ish beruvchi xavfli ishlab chiqarish obyekti xodimlarining hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun mehnatga oid qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.