• 2026-04-15 12:00
  • 3.9K View


Sanoat xavfsizligi ekspertizasi.

Sanoat xavfsizligi ekspertizasi ekspertiza obyektining unga nisbatan qoʻyiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholashdir.

Quyidagilar belgilangan tartibda sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazilishi kerak:
xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari;
xavfli ishlab chiqarish obyektida qoʻllaniladigan texnika qurilmalari;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi binolar va inshootlar;
sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bogʻliq boshqa hujjatlar.

Sanoat xavfsizligi ekspertizasini uni oʻtkazish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiyaga ega boʻlgan tashkilotlar xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanayotgan yoki undan foydalanishni moʻljallayotgan tashkilot mablagʻlari hisobidan oʻtkazadi.

Ekspertiza xulosasi sanoat xavfsizligi ekspertizasining natijasidir.

Sanoat xavfsizligi ekspertizasini oʻtkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.