Sizni uyg‘onish va go‘zallik faslining boshlanishi — Navro‘zi olam bilan Kontexnazorato‘quv Davlat muassasasi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!
Ushbu qutlug‘ ayyom xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, dasturxoningizga qut-baraka va qalbingizga cheksiz quvonch olib kelsin. Yangilanish faslida boshlagan barcha ezgu ishlaringizda zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, bayramimiz shukuhi bardavom bo‘lsin!
