📹 Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi vakillari “Oʻzbekneftgaz” AJ tashabbusi bilan "Shurtan GKMda o‘tkazilayotgan sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo‘yicha xalqaro forumda ishtirok etdi. Forumda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Rossiya va Tataristonning yirik neft va gaz kompaniyalari mutaxassislari sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi masalalarini muhokama qilishdi.
Forum davomida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi sanoat xavfsizligini oshirish, ishchilarni himoya qilish va xavfli ish sharoitlarini kamaytirish bo‘yicha o‘zlarining tajribasini taqdim etdi. Qo‘mita mutaxassislari o‘z tajribalari va bilimlarini boshqalar bilan bo‘lishishdi. Shuningdek, forum doirasida ishtirkchilar majmua faoliyati bilan tanishishdi.
📌 Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi forumda ishtirok etgan va sanoat xavfsizligi bo‘yicha o‘zining salohiyatini yana bir bor namoyish etgan tashkilot sifatida alohida e'tirof etildi. Mazkur forum joriy yilbing 27-noyabiriga qadar davom etadi.

