“Kontexnazorato‘quv” davlat muassasasi tomonidan xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida faoliyat yuritayotgan muhandis-texnik xodimlarning bilim saviyasini oshirish va xavfsizlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tizimli o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda.
Shu yilning 20–24-aprel kunlari “UZ-Kor Gas Chemical” MChJ QK korxonasida navbatdagi maxsus o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotlar “Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridan (XIChO) foydalanuvchi tashkilotlarning muhandis-texnik xodimlarini sanoat xavfsizligi sohasida tayyorlash” mavzusiga bag‘ishlandi.
Mazkur o‘quv jarayoniga “Kontexnazorato‘quv” DMning malakali ekspert va o‘qituvchilari jalb etildi. Besh kun davom etgan kurs davomida korxona mutaxassislariga sanoat xavfsizligi qoidalari, texnologik jarayonlardagi xavf-hatarlarni boshqarish, baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda sohadagi yangilangan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.
O‘quv kursi yakunida tinglovchilarning egallagan bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Quvonarlisi, “UZ-Kor Gas Chemical” korxonasining muhandis-texnik xodimlari imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirib, sanoat xavfsizligi talablariga muvofiq maxsus sertifikatlarga ega bo‘ldilar.
Bu kabi o‘quv kurslarining tashkil etilishi nafaqat ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash, balki xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini asrashda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
“Kontexnazorato‘quv” DM Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tasarrufidagi tashkilot sifatida, barcha sanoat korxonalarini o‘zaro hamkorlikka va xodimlarning malakasini oshirishga chorlaydi.
Murojaat uchun telefonlar: 📞 +998 (97) 087-12-69 📞 +998 (90) 003-12-14
