🏛 Bugun Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi hamda ROSEN Group hamkorligida tashkil etilgan “Risk omillarini hisobga olgan holda inspeksiya: API RP 580/581” mavzusidagi o‘quv treningining yakuniy kuni bo‘lib o‘tdi.
📍 “Kontexnazorato‘quv” davlat muassasasida 7–9 iyul kunlari davom etgan mazkur treningda Qo‘mita nazoratidagi yirik sanoat obyektlari vakillari ishtirok etdi.
🔎 Trening davomida ishtirokchilar riskka asoslangan inspeksiya yondashuvlari, API RP 580/581 standartlari, xavflarni baholash, uskunalarning texnik holatini tahlil qilish hamda zamonaviy inspeksiya usullarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamladi.
📝 Yakuniy kun doirasida ishtirokchilar tomonidan o‘quv jarayonida o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni baholash maqsadida imtihon sinovi o‘tkazildi. Shuningdek, savol-javob sessiyasi tashkil etilib, trening davomida ko‘tarilgan mavzular yuzasidan fikr almashildi.
🎓 Tadbir so‘ngida treningni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
✅ Mazkur o‘quv treningi yirik sanoat korxonalarida xavfsizlik madaniyatini oshirish, inspeksiya jarayonlariga riskka asoslangan yondashuvlarni joriy etish, uskunalarning ishonchli ishlashini ta’minlash hamda mutaxassislarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
🌐 Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati
